2019-yil yanvar-mart oyi yakunlariga ko`ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 9,4 mlrd $ni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 27,2% ga o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.
Shu jumladan, eksport hajmi 4,1 mlrd $ga (o`sish sur`ati 20,6%) va import hajmi 5,2 mlrd $ga (o`sish sur`ati 32,9%) yetdi.
Eksport
Eksport tarkibida tovarlar 83,9% ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (18,2%), to’qimachilik va to’qimachilik buyumlari (8,9%), oziq-ovqat mahsulotlari (6,0%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,7%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,5%) guruhlari hissasiga tog`ri kelmoqda.
Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 2,9 mlrd $ni tashkil etib, 35,2% ga o’sdi.
Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga to`g`ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 33,6% ini tashkil qiladi.
Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar tashlasak, asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat.
Import
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,5%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,0%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (7,7%) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi.
2019-yilning yanvar-mart oyi mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar yanvar-mart oyida, yanvar oyiga nisbatan 1,3 mlrd $ga ko`p import qilindi va 5,2 mlrd $ni tashkil etdi.
Respublikaga 132 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5 tа eng yirik bo`lgan Rossiya, Xitoy, Koreya, Qozog`iston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 3,4 mlrd $ga teng. Bu esa umumiy import hajmining 64,5% ini tashkil qiladi.