2019-yil yanvar-mart oyida eksport hajmi 4,1 mlrd. $ga (o`sish sur`ati 20,6%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Yanvar-mart oyida O‘zbekiston 4,1 milliard $lik mahsulotlar eksport qilgan bo’lsa, bundan 1,2 mlrd $ oltin hissasiga to‘g‘ri keldi.
Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 2,9 mlrd $ni tashkil etib, 35,2% ga o’sdi.
Eksport tarkibida tovarlar 83,9% ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (18,2%), to’qimachilik va to’qimachilik buyumlari (8,9%), oziq-ovqat mahsulotlari (6,0%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,7%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,5%) guruhlari hissasiga tog`ri kelmoqda.
Ilgari Spot 2019 yilda qancha oltin eksport qilinishi haqida xabar bergan edi.