Lenovo kompaniyasi yangi smartfonini taqdim etdi — Lenovo Z6 Pro.
Qurilma shisha korpus va tomchisimon “o'yiqli” 6.39 dyuymli AMOLED-displey bilan jihozlangan.
Smartfonda sovutish tizimiga ega Snapdragon 855 protsessori o’rnatilgan. Operativ xotira 6/8/12 Gb, ichki xotira hajmi esa 128/256/512 Gb. Avtonomlik uchun tezda zaryadlagichli (27 Vt) 4000 mA/soat batareya va USB-C javob beradi.
To’rt modulli asosiy kamera Lenovo Z6 Pro’ning asosiy xususiyati bo’ldi. Birinchisi f / 1.8 datchikli 48 Mp, ikkinchisi 16 Mp, uchinchisi 8 Mp. Ushbu uch modulni 2 Mp video kamera to’ldiradi. Old kamera 32 Mp.
Qurilmada barmoq izlari skaneri (ekranning quyi qismida), quloqchinlar uchun joy, ikki chastotali GPS (L1 + L5), Bluetooth 5.0 va Face Unlock funksiyasi mavjud.
Lenovo Z6 Pro gradient qizil-qora va yashil-moviy ranglarda mavjud bo’lib, xotira modifikatsiyasiga qarab 431 $dan 744 $gacha baholanmoqda.