15 apreldan 21 aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 728 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 51% ikkinchi va 29% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi 874,1 mlrd so‘mdan 939,2 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,1 mln $ga teng tovarlar sotildi.
Eksport bo‘yicha yetakchilikni 93% bilan paxta tolasi egalladi. Eksport bozorining qolgan qismini polietilen 5% va neft moylari 2% bilan egallashdi.
Ilgari Spot avtoraqamlar berishning soddalashtirilgan va korrupsiyasiz mexanizmini joriy etish taklif etilayotgani haqida xabar bergan edi.