2018 yil noyabr oyida O‘zbekistonda kobeyjing kartalarini chiqarish boshlangan edi. Ular Uzcard va UnionPay tizimlarida bir vaqtda ishlaydi.
Shuningdek, yangi avlod plastik kartalari orqali kontaktsiz to‘lov texnologiyasi (NFC) bo‘yicha hisob-kitob qilish mumkin.
Endilikda Uzcard-UnionPay kobeyjing kartalarini o‘z mijozlariga taqdim etuvchi banklar (Aloqabank, Turkistonbank, Qishloq Qurilish Bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Hamkorbank, Xalq banki) soni ko‘paydi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi (YUPM) ma’lumotlarida keltirilgan.
UnionPay International to‘lov kartalari dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida qabul qilinadi, xususan, 1,1 mln bankomat va 12 mln kommersantlar orqali xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Kartalarning umumiy emissiyasi soni 5 milliardan ortig‘ini tashkil etadi. Yuqori ko‘rsatkichlar natijasida UnionPay International to‘lov tizimi boshqa to‘lov tizimlari orasida birinchi o‘rinni egallamoqda.
O‘zbekistonda chiqarilgan birinchi kobeyjing kartalari UzCard va UnionPay ikkita to‘lov tizimining qo‘shma kartalari hisoblanadi. Ular ikkala to‘lov tizimi infratuzilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. O‘zbekistonda kobeyjing kartalari oddiy so‘m kartasi, xorijda esa — valyuta kartasi sifatida to‘lovga qabul qilinadi.