Shimoliy Jorjiya universitetining pedagogika fanlari doktori, professor Karli Vomak-Ven Xalq ta’limi vazirligiga o‘quv dasturlari hamda ta’lim standartlarini qayta ko‘rib chiqishda ko‘maklashadi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Professor Karli Vomak-Ven sentyabr oyidan O‘zbekistonda ish boshlaydi. Ikki oy mobaynida davlat ta’lim standartlarini baholashga va qayta ko‘rishga yordam beradi.
Xususan, ta’lim jarayoniga STEAM dasturini joriy etishda o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda maslahat berib boradi.
AQSh professori Fulbrayt dasturi bo‘yicha Xalk ta’limi vazirligiga maslahatchi etib tayinlandi. Ushbu dastur AQShlik yuqori malakali mutaxassislar va olimlarni tajriba almashish uchun jalb etish imkonini beradi.