Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahrida turli sohalarda noqonuniy ravishda ishlayotgan 49 ming 610 nafar fuqaro jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi, xabar beradi Davlat soliq qo’mitasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlariga qaramasdan fuqarolarni noqonuniy ravishda ishga jalb qilish holatlari uchramoqda.
Jumladan, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish tadbirlarida 15 nafar fuqaro mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgani aniqlandi.
Shuningdek, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni faoliyati o‘rganilganida, qog‘ozda boshqayu, amalda esa o‘zgacha holat ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, xaridorlar bilan gavjum savdo do‘konida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan hisobotlarda ko‘rsatilmagan 22 nafar fuqaro norasmiy ravishda ishlayotgani aniqlandi.
30 aprel 2019, 12:31
Biznes
Iqtisodiyot
Joriy yil Toshkentda “konvert” usulida ish haqi olgan 49 mingdan ziyod fuqaro rasman ish bilan ta’minlandi
49 ming 610 nafar fuqaro jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Foto: "Газета.uz"
«Spot»
- 530
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 18:40 Ta'lim
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi
Arizalar 13ta OTMda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan kelasi yilning 20-yanvarigacha qabul qilinadi.
Bugun, 16:46 Biznes
Rossiyaning “DOM.RF” kompaniyasi O‘zbekistonda eskrou-hisob tizimini joriy etadi
Qayd etilishicha, kompaniya buning uchun Toshkentning Sergeli tumanida tajriba loyihasini amalga oshiradi.
Bugun, 16:32 Energetika
“Hududiy elektr tarmoqlari"ga yangi rahbar tayinlandi
Shu paytgacha kompaniya raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Asrorjon Askarov boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bugun, 15:55 Iqtisodiyot
Toshkent viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tariflar oshiriladi
Aholi uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi oyiga 7840 so‘mga, budjet va xo‘jalik tashkilotlarga bir kubometri uchun qariyb 82 880 ming so‘mga oshiriladi.
Bugun, 14:59 Iqtisodiyot
“JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda” — prezident
Davlat rahbari bu jarayonda imtiyozlar bekor qilinishi bilan birga, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratilishini qayd etdi.
Bugun, 13:02 Transport
Toshkentdan Buxoroga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
Xususan, qo‘shimcha qatnovlar 2024-yil 30-dekabrdan boshlanib, 2025-yilning 2-yanvar kunigacha amalga oshiriladi.
Bugun, 12:16 Iqtisodiyot
Xususiy maktab va bog‘chalar uchun imtiyozlar muddati uzaytiriladi
Shahar chegarasidagi qishloq yerlariga ikki baravar yer solig‘ini hisoblash to‘xtatiladi. Nashriyotlar esa foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yilga ozod etiladi.
Bugun, 12:04 Qiyofa
“YouTube” Rossiyada yil oxirigacha butunlay bloklanishi mumkin — OAV
Ilgari xizmatni bloklash 30%ga amalga oshirilgan va asosiy zarba kompyuter versiyasiga to‘g‘ri kelgan. Biroq endi rossiyaliklar video hatto telefonlarda ham ochilmasligidan ommaviy ravishda shikoyat qila boshladilar.