1 maydan poytaxtdan viloyatlarga sakkiz yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lumotlariga tayanib O’zA xabar berdi.
Quyidagi yo’nalishlarda “Uzavtotrans Service” korxonasining “YUTONG” avtobuslari qo‘yilgan mahalliy qatnovlar har kuni “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriladi:
- “Toshkent — Guliston — Yangiyer”;
- “Toshkent — Samarqand”;
- “Toshkent — Navoiy — Buxoro”;
- “Toshkent — Termiz”;
- “Toshkent — Zomin”;
- “Toshkent — Gagarin”;
- “Toshkent — Denov”;
- “Toshkent — Qorako‘l”.
Ma’lum qilinishicha, avtobuslarda yo‘lovchilar uchun konditsioner, iqlim nazorati, multimedia tizimi kabi qulayliklar mavjud. Avtobuslarning sanitar holati muntazam nazorat ostida bo‘lib, qatnov jarayoni GPS tizimi orqali onlayn nazorat etiladi.