30 aprel kuni Facebook asoschisi Mark Sukerberg yangilangan ijtimoiy tarmoqni taqdim etdi.
Facebook barcha platformalarda yangi dizaynga ega bo’ldi: iOS, Android va veb. Uchchala versiya ham o’xshash ko’rinishga ega. Ishlab chiquvchilar 2004 yil loyiha ishga tushgandan beri o’zgartirilmagan odatiy ko’k panelni olib tashlashga qaror qilishdi.
Endi ko’k rang faqatgina logotipda qoladi va boshqa barcha palitralar oq rangga o’zgaradi. Umuman olganda, yangi ijtimoiy tarmoqning dizayni soddaroq bo’ladi.
Tashqi ko’rinishdan tashqari, kompaniya ishlab chiquvchilari xavfsizlik, guruhlar va do’stlarga e’tibor qaratadilar. Masalan, yangi versiyada Meet New Friends (“Yangi do’stlar bilan tanishish”) funksiyasi paydo bo’ladi. Mazkur funksiya orqali foydalanuvchilar o’z qiziqish va talablari asosida yangi do’stlarni topishlari mumkin. Tabiiyki, bu funksiya ixtiyoriy bo’ladi.
Guruhlar haqida gapiradigan bo’linsa, taqdimotda ular bilan o’zaro munosabatlarni va ularning dizaynini soddalashtirishga va’da berdilar. Shuningdek, mavzuga qarab, ularga alohida yondashuv qo’llaniladi.