Prezident qaroriga binoan 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari ro‘yxati ma’qullandi.
Ro’yxatda Samarqand (200 MVt quvvatga ega) va Navoiy (100 MVt quvvatga ega) viloyatlarida quyosh fotoelektrik stansiyalari barpo etilishi belgilangan.
Loyihani amalga oshirishda Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Samarqand va Navoiy viloyatlari hokimliklari, DXSh agentligi mas’ul etib belgilangan.
Samarqanddagi quyosh fotoelektrik stansiyasining barpo etilishi 200 mln $ga, Navoiydagi esa 100 mln $ga baholanmoqda.
Tender g’oliblari 2019 yil uchinchi chorakda e’lon qilinib, qurilish ishlari 2020 yil birinchi chorakda boshlanadi.
Samarqanddagi quyosh fotoelektrik stansiyasi 2020 yil oxirigacha, Navoiydagi 2021 yilning boshlarida foydalanishga topshiriladi.