Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, iqtisodiyotda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Unga ko’ra foydalanilmayotgan bino va inshootlar negizida yangi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, texnoparklarni qurish belgilandi.
Shu jumladan, “Toshkent mexanika zavodi” AJning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va hududi negizida texnopark tashkil etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun olingan kreditning 50%dan ko‘p bo‘lmagan miqdoriga kafillik berish va Ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini 5%gacha qoplash shaklida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari amalga oshiriladi.