FlyArystan loukosteri 1 may kuni birinchi reysini amalga oshirdi.

Xuddi shu kuni aviakompaniyaning Almati-Taraz-Almati yo’nalishi bo’yicha ikkinchi tijoriy reysi amalga oshirildi. Shunday qilib, aviakompaniya faoliyatining birinchi kunida jami 720 yo’lovchi tashildi, deb yozadi “UzDaily”

"Air Astana"ning prezidenti va bosh ijrochi direktori Piter Foster, “FlyArystan” aviakompaniyasining tashkil etilishi aviakompaniyaning tez o’zgaruvchan mahalliy va mintaqaviy sharoitlarida, shuningdek, chuqur tadqiqotlar va biznesni rejalashtirish natijalari bilan bog’liq muhim qadam hisoblanishiga ishonch bildirmoqda.

Uning so’zlariga ko’ra, kompaniya O’zbekistonga hamkorlikni taklif qilmoqchi:

Yaqin kelajakda Toshkent, Nukus, Qarshi va Farg’ona vodiysiga qatnovlarni boshlashni rejalashtirmoqdamiz", — deydi Piter Foster.

Foster ta’kidlashicha, Samarqand, Buxoro, va Xiva kabi O’zbekistonning sayyohlik shaharlariga ham qatnovlarni boshlash rejalashtirilmoqda.