29 apreldan 5 maygacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 17,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 46,5% ikkinchi va 36% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 945,3 mlrd so‘mdan 607,7 mlrd so‘mga kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 5,3 mln $ga teng tovarlar sotilib, sotuv hajmi 2,3 barobarga o‘sdi.