Toshkent shahrida 100 ming so’mlik pullarni qalbakilashtirish va sotish bilan shug’ullanadigan shaxslar qo’lga olindi, xabar beradi IIBB matbuot xizmati.
4 may kuni kelib to’rt nafar yoshlar Chilonzor tumanida 100 ming so’mlik kupyuralarni o’tkazganliklari fosh etildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi xodimlari tomonidan avtomobil ichidan 51 ta qalbaki 100.000 so’mlik, milliy valyuta chop etilgan 25 ta A4 qog’oz va “Canon” printeri topildi.
Sud ekspertizasi ma’lumotlariga ko’ra, ish yuzasidan musodara qilingan barcha kupyuralar soxta ekanligi aniqlandi.
Jinoyat kodeksining 176-moddasi (“Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish”) bo’yicha yoshlarga jinoiy ish qo’zg’atildi.
Yunusobod tuman IIO FMBda o’tkazilgan dastlabki tergov davomida Sardor S. Toshkent shahrining turli tumanlarida qalbaki milliy valyutalarni o’tkazganliklarini tasdiqladi.
IIBB mazkur jarayonga o’xshash holatlarning guvohi bo’lganda yaqin atrofdagi Ichki ishlar bo’limi, yoki “102"ga xabar berishni so’radi.