6 maydan 12 maygacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 573 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 22,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,1% ikkinchi va 27,2% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 607,7 mlrd so‘mdan 712,1 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 2,6 mln $ga teng tovarlar sotilib, avvalgi xaftaga nisbatan 52,1% ga pasayish bo‘lgan.