2019 yilning yanvar-aprel oyida benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Yanvar-aprel oylarida O’zbekiston 308 ming tonna benzin ishlab chiqardi, o’tgan yilning shu davrida esa 378,9 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.
Dizel yoqilg’isi hajmi ham qisqarib, 341,8 ming tonnani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 387,9 ming tonna dizel yoqilg’isi ishlab chiqarilgan.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan tabiiy gaz 4,4% ga, va shag’al qazib olish esa- 2,2 m. ga oshdi.
Shuningdek, kimyo korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hajmi oshirilib, kaliy xlorid (2018-yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 114,3%), karbamid (119,8%), ammoniy sulfat (126,5%), ammoniy nitrat (119,2%), akril va vinilpolimerlari asosidagi bo’yoq va laklar (127,7%), gerbitsidlar (107,2%), kaustik soda (164,4%), boshqa azotli o’g’itlar va ularning aralashmalari (173,9%.), azot, fosfor va kaliyli mineral o’g’itlar (137,4%) ni tashkil etdi.
Ilgari Spot joriy yilda neft va ko’mir qazib olish hajmi kamaygani, avtomobillar ishlab chiqarish hajmi esa ortgani haqida xabar bergan edi.