Joriy yilning yanvar-aprel oyida import hajmi 7,3 mlrd $ ga (o`sish sur`ati 33,3%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (44,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (7,9%) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi.
Yanvar-aprel oyida 136,8 mln $lik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan deyarli 2,1 barobar ko’pdir.
Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 153,8 mln $ ni tashkil etdi.
Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (948,9 mln $), Koreya (615,9 mln $), Rossiya (244,6 mln $), Turkiya (213,4 mln $) va Germaniyadan (182 mln $) import qilingan.
“АвтоВАЗ” joriy yil O’zbekistonda qariyb 10 mingta Lada avtomobili sotishni rejalashtirmoqda, uch oy ichida kompaniya taxminan 1200 dona avtomobil sotdi.
Kompaniya joriy yilning ikkinchi yarmida rasmiy taqdimoti o’tgan yilning avgust oyida bo’lib o’tgan Lada Vesta Sport’ni yetkazib berishni boshlash niyatida.
Ilgari Spot yanvar-aprel oylarida O’zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortgani (79 614 tani tashkil etdi) haqida xabar bergan edi.