13 maydan 19 maygacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 717 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47,8% ikkinchi va 34,2% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi 712,1 mlrd so‘mdan 1255,1 trln so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 12,9 mln $ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich avvalgi haftaga nisbatan besh marotabaga oshgan.