2019-yil yanvar-aprel oyi yakunlariga ko`ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 12,5 mlrd $ni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 24,6% ga o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.
Shu jumladan, eksport hajmi 5,2 mlrd $ga (o`sish sur`ati 14,3%) va import hajmi 7,3 mlrd $ga (o`sish sur`ati 33,3%) yetdi.
Eksport
Eksport tarkibida tovarlar 81,7% ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (18,7%), to’qimachilik va to’qimachilik buyumlari (9,8%), oziq-ovqat mahsulotlari (7,3%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,9%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (6,0%) guruhlari hissasiga tog`ri kelmoqda.
Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 4 mlrd $ni tashkil etib, 32,4% ga o’sdi.
Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy va Rossiya hissasiga to`g`ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 35,6% ini tashkil qiladi.
Xitoy va Rossiyaga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibi asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat.
Import
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (44,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (7,9%) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi.
2019-yilning yanvar-aprel oyi mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar yanvar-aprel oyida, yanvar-mart oyiga nisbatan 2 mlrd $ga ko`p import qilindi va 7,3 mlrd $ni tashkil etdi.
Respublikaga 138 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5 та eng yirik bo`lgan Rossiya, Xitoy, Koreya, Qozog`iston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 4,6 mlrd $ga teng. Bu esa umumiy import hajmining 63,1% ini tashkil qiladi.
Ilgari Spot O’zbekistonliklar joriy yilda xorij avtomobillariga 136,8 mln $ sarflaganliklari va 1,2 mlrd $lik oltin eksport qilingani haqida xabar bergan edi.