O’zbekistondagi yo’l qurilishi strategiyasini Germaniya kompaniyasi ishlab chiqadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.
Germaniyaning “Roland Berger GmbH” kompaniyasi xizmatlari 2,6 mln yevroni tashkil etadi. Kompaniya yo’l qurilishini rivojlantirish strategiyasini 120 kundan ko’p bo’lmagan muddatda ishlab chiqadi.
Qarorga binoan Avtomobil yo’llari qo’mitasi strategiyaning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bo’yicha mas’ul hisoblanadi.
Jalb etiladigan xorijiy mutaxassislardan davlat boji undirilmasligi, hamda ko’p martalik vizalar berishi va muddati uzaytirilishi belgilandi.
Prezidentning noyabr oyidagi “Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida avtomobil yo‘llari xorij tajribasi asosida qurilishi belgilangan bo’lib, rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020−2040 yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.