23 may kuni “O‘zRTXB” AJ va “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) o’rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmat Spot’ga ma’lum qildi.
Unga ko’ra, Tovar-xomashyo birjasi axborot tizimida pullik abonent raqamlarini realizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksion tashkil etiladi.
Ayni damda birja mutaxassislari tomonidan chiroyli sonlar ketma-ketligiga asoslangan uyali telefon raqamlarini onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha yangi vebsayt ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilmoqda.
Onlayn-auksionda xaridor sifatida yuridik shaxslar (B2B) ham, jismoniy shaxslar (B2C) ham ishtirok etishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, savdoning yangicha mexanizmi, O‘zRTXBning boshqa savdo platformalari kabi, ochiqlik, shaffoflik, sog‘lom raqobat va savdoning barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyat tamoyillariga asoslangan.