Prezident qaroriga binoan 13 ta xomashyo bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etildi.

2021 yil 1 yanvarga qadar olib kelinayotgan quyidagi xomashyo turlari bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etildi:

  • pigmentlar (3207 10 000 0);
  • angob (3207 20 100 0);
  • fritta (3207 40 850 0);
  • siyoh, xat yozish va rasm chizish uchun tush (3215 90 000 0);
  • glazurlar (3207 40 850 0);
  • lenoleum ishlab chiqarish uchun PVX plyonka (3920 43 100 0);
  • magnezit (2519 10 000 0);
  • kaolin (2507 00 200 0);
  • oboy ishlab chiqarish uchun poligrafiya bo’yog’i (3215 19 000 0);
  • oboy ishlab chiqarish uchun vinilxlorid polimerlari (3904 22 000 0);
  • oboy ishlab chiqarish uchun qoplamasiz qog’oz va karton (4802 40 100 0, 4802 56 200 0, 4810 29 300 0);
  • gipskarton listlarini ishlab chiqarish uchun o’ramlardagi yoki listlardagi qog’oz va karton (4805 92 000 0);
  • qog’oz mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yog’och sellyulozasi (4703 21 000 9, 4703 29 000 9).