20 maydan 26 maygacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 748 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 16,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47,7% ikkinchi va 35,6% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Shuningdek, birja savdolarining hajmi 1,25 trln so‘mdan 872,4 mlrd so‘mga kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 4,3 mln $lik tovarlar sotildi.