Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanidagi Cinara’s rerstorani auksionga qo’yildi. Bu haqida E-ijro Auksion ma’lumot berdi.
Bino 2 qavat va 19 xonadan iborat, hamda suv va elektr ta’minotiga ega.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0.250 ga, binoning umumiy maydoni 958.39 kvadrat metr.
Obyekt iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlar tomonidan 2019 yil 1 martdagi qarori bo’yicha kim oshdi savdosiga qo’yildi.
Auksion 14 iyun kuni bo’lib o’tadi, arizalar 12 iyungacha qabul qilinadi.
Baholangan narx 6 milliard so’m, zakalat puli esa 300 million so’mni tashkil etadi.
E-Ijro Auksion — yagona elektron savdo maydonchasi bo’lib, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab mol-mulkni sotish bo’yicha ochiq savdolar o’tkaziladi.