“O'zbektelekom” AK operatorlar va provayderlar uchun internet-kanal tariflarini pasaytirdi. Bu haqda kompaniya vakillari 28-may kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida ma’lum qildilar, xabar beradi Spot muxbiri.
Xususan, kompaniya Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun internet-kanal tarifining narxini 1 Mbit / s uchun 70,128 so’mgacha pasaytirdi. 2018 yil oxirida bu narx 85 ming so’mni tashkil etgan.
Shuningdek, dastlabki uch oyda portlar ijarasi qiymati 10,5 ming so’mga kamaydi, o’tgan yilning birinchi choragida esa bu ko’rsatkich 35 ming so’mni tashkil etgan.
Kompaniya tomonidan respublika bo’ylab 4 ming km.dan ortiq turli xil mis kabellar yangilandi, aholi va boshqa ijtimoiy obyektlarga GPON texnologiyasidan foydalangan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5 ming km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalarini yo’lga qo’ydi, 2,4 mingdan ortiq ko’p qavatli turar-joy va 1,1 mingga yaqin maktabni aloqa xizmatlari bilan ta’minladi.
Hozirgi kunda umumiy hajmi 54 ming port bo’lgan VDSL uskunalarini o’rnatish, shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida 147 ming portni tashkil etadigan GPON uskunalarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlashinishicha, har bir provayder taqdim etayotgan xizmatlarning narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.