O’zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ko’magida O’zbekiston meva va sabzavotlarini Ukraina bozorlariga eksport qilishni ta’minlash bo’yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Ukraina tadbirkorlari bilan 3 million $ miqdorida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini, quritilgan mevalar va tayyor to’qimachilik mahsulotarini yetkazib berish bo’yicha shartnomalar imzolandi, xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

Kelishuvlar natijalariga ko’ra, o’zbek meva va sabzavotlari Ukrainaning Lvov shahrida yirik meva-sabzavot bozori “Shuvar"ga yetkazib berildi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning birinchi to’rt oyida O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasidagi tovar aylanmasi 130 mln $ni (2018 yilga nisbatan 102,4%) tashkil etdi.

Shu bilan birga, Ukrainaga eksportning o’sishi 11 million $ni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 126%), Ukraina mahsulotlarining mamlakatimizga importi 7%ga kamaydi va 85,6 mln $ni tashkil etdi.

Hozirda Kiyev, Dnepropetrovsk va Xarkovda yangi savdo maydonchalarini ochish bo’yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.