Prezidentining 2019 yil 20 martdagi qarori bilan Toshkent shahrida Webster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etilgan edi.

Webster universitetining Toshkent shahridagi markazida 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriatning ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Bakalavriat:

  • Biznes boshqaruvi (BA Business Administration)
  • Media kommunikatsiya (BA Media Communication)
  • Ingliz tili ikkinchi til sifatida (BA ESL)

Magistratura:

  • Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish (MA TESL)
  • Biznes boshqaruvi (MBA)
  • Media kommunikatsiya (MA Media Communication)

Markazda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida, ingliz tilida Webster universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Webster universitetining diplomi beriladi.

Webster universitetining Toshkent shahridagi markaziga abituriyentlarni qabul qilishda kirish imtihoni ko‘zda tutilmagan.

Abituriyentlardan hujjatlar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarni ingliz tilida tayorlab, uzadmissions@webster.edu elektron manziliga yuborishi lozim. Batafsil ma’lumot bu yerda.