Markaziy bank denominatsiya (eski banknotlarni odatda kichikroq qiymatdagi banknotlarga almashtirish) o’tkazishi mumkin. Bu haqda 12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o’tgan brifingda Markaziy bank raisining birinchi o’rinbosari Ilhom Norqulov ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, “Markaziy bankning bunday rejalari yo’q” deb tasdiqlash to’g’ri bo’lmaydi.
“Men aniq bir sanani ayta olmayman, bu besh yoki o’n yil ichida bo’ladi”, — dedi Ilhom Norqulov.
Norqulovning so’zlariga ko’ra, regulyator inflyatsiyaviy targetlashga o’tish tugallanishi bilan regulyator denominatsiya masalasini ko’rib chiqishga tayyor bo’ladi.
“Bugungi kunda oldimizda davlat tashkilotlarini isloh qilish, narxlarni liberallashtirish kabi ulkan vazifalar turibdi”, — deya qo’shimcha qildi u.
Mart oyida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator denominatsiyaga ehtiyoj sezmasligini ma’lum qildi.
U denominatsiya oson va tezda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan texnik jarayon ekanligini ta’kidlab, denominatsiyani amalga oshirish rejalashtirilmayotgani, amalda bo’lgan belgilangan qiymatlar barcha talablarga javob berishi va ulardan foydalanish qulayligini qayd etgan edi.
Fevral oyi oxirida yangi 100 000 so’mlik so‘mlik banknot muomalaga chiqarildi.