2019-yil 1-iyun holatiga faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 8 785 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

O’tgan yilning shu davriga nisbatan 2 658 taga yoki 43,4%ga o’sgan. Ushbu korxonalarning asosiy qismi Rossiya (1601 ta), Turkiya (1062 ta), Xitoy (1319 ta), Qozog’iston (645) va Koreya (717 ta) hissalariga to’g’ri keladi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning 4 521 tasi qo’shma, 4 264 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to’g’ri keladi.

Hududlar kesimida, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahrida 5 332 ta (jamidagi ulushi 60,7%), Toshkent viloyatida 953 ta (10,8%) va Samarqand viloyatida 450 tani (5,1%) tashkil etgan.

Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Xorazm 97 ta (1,1%), Sirdaryo 122 ta (1,4%), Qoraqalpog’iston Respublikasi 133 ta (1,5%), Qashqadaryo 145 tani (1,6%) hamda Navoiy viloyatlarida 154 ta (1,7%).