Airbnb yangi xizmatni ishga tushirmoqda. Kompaniya mijozlarga Jyul Vernning “Dunyo bo’ylab 80 kun” romani qahramonlari misolida dunyo bo’ylab sayohat qilishni taklif etmoqda, xabar beradi Forbes.
Dastur ishtirokchilari 12 hafta davomida sayohat qilishadi. Jyul Vern romanining bosh qahramoni kabi u Londonda boshlanadi. Lekin keyin marshrutlar ajralib ketadi.
Dastur ishtirokchilari sayohat davomida Ruminiya, O’zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlarini o’z ichiga olgan 18 ta davlatga tashrif buyuradi. Har bir to’xtash vaqtida ishtirokchilarni o’z madaniyati va an’analari bilan tanishtiradigan mahalliy aholi kutib oladi.
Safar 2019 yil 1 sentyabrda boshlanadi. Safarning narxi 5000 $dan boshlanadi. Bu miqdor turar joy, ovqat va transfer harajatlarini o’z ichiga oladi, lekin Londonga chipta narxini o’z ichiga olmaydi.
Marshrut Airbnb’ning yangi yo’nalishi — 2016 yilda ishga tushirilgan Airbnb Experiences (Taassurotlar) loyihasining bir qismi bo’lgan Adventures (Sarguzashtlar) doirasida ishlab chiqilgan.