Kafillar, daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarsiz, navbatsiz va uzoq vaqt ariza javobini kuttirmasdan taqdim etiladigan kredit — zamonaviy texnologik bank ishidagi eng muhim xizmat hisoblanadi. InfinBank innovatsion echimni taklif etadi: bankka ovora bo‘lib bormasdan onlayn rejimda kartaga kredit oling.
Online-kreditni olish uchun faqatgina internet va faol UzCard kartasi talab etiladi, xolos. Google play yoki App Store do‘konlaridan InfinBank mobil ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va kredit olish uchun arizani rasmiylashtiring. Online-kreditni ishlab chiqish paytida InfinBank mutaxassislari arizadan boshlab pul o‘tkazilishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirishga harakat qilishgan.
Milliy valyutadagi InfinBank kartasiga ega bo‘lgan mijozlar uchun arizani shakllantirish jarayoni maksimal darajada osonlashtirilgan. Tizim avtomatik tarzda shaxsni tasdiqlashga doir barcha kataklarni to‘ldiradi, mijoz esa faqat kerakli kredit summasini va o‘zining to‘lov qobiliyati haqidagi ma’lumotni kiritsa kifoya: pullar ushbu kartaga o‘tkaziladi.
Mazkur xizmatdan foydalanishni istagan, biroq InfinBank kartasiga ega bo‘lmagan shaxslar mobil ilovada kredit summasi o‘tkaziladigan bank kredit kartasini ochtirishga darhol ariza qoldirishlari mumkin. Karta ochilgach, bu haqdagi ma’lumot ilovada aks ettiriladi, uning jismoniy ekvivalentini esa mijoz ro‘yxatdan o‘tgan manzildagi bank filialidan o‘ziga qulay vaqtda olib ketishi mumkin.
Kredit berish to‘g‘risidagi qaror avtomatik ravishda qabul qilinadi — uning javobi bir necha soat ichida jo‘natiladi. Aytgancha, kreditni avtomatik so‘ndirishga mo‘ljallangan karta sifatida mijoz O‘zbekistondagi istalgan boshqa bankning kartasini ko‘rsatish imkoniyatiga egadir.
Yangilanadigan kredit limiti mazkur taklifning o‘ziga xos yana bir xususiyatlaridan biridir. Mazkur moliya atamasida mijozga bo‘lgan g‘amho‘rlik va qulaylik mujassamlashgan. Kredit so‘ndirib borilgach, summa yangilanadi va muayyan kredit limiti doirasida puldan qayta foydalanish mumkin bo‘ladi.
Yangilanadigan limitga ega online-kreditning ustunliklari yaqqol bilinib turadi: pul uchun faqat bir marta murojaat qilish zarur, foizlar faqatgina ishlatilgan kredit limiti uchun hisoblanadi, mablag‘ni qaysi maqsadda sarf etish borasida bankka hisobot berishning hojati yo‘q.
2019 yilning 1 iyunidan 1 sentyabriga qadar InfinBank tomonidan taqdim etilayotgan online-kredit xizmatidan foydalanadigan mijozlarga aksiya doirasida birinchi 25 kunda kredit bo‘yicha hech qanday foizlar qo‘llanmaydi.
Reklama huquqi asosida.