Joriy yilning yanvar-may oyida import hajmi 9,3 mlrd $ ga (o`sish sur`ati 31,3%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (43,4%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,6%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (7,7%) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi.
Yanvar-may oyida 154,6 mln $lik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,9 barobar ko’pdir.
Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 200 mln $ni tashkil etdi.
Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (1,2 mlrd $), Koreya (776 mln $), Rossiya (307 mln $), Turkiya (274 mln $) va Germaniyadan (251 mln $) import qilingan.
“АвтоВАЗ” joriy yil O’zbekistonda qariyb 10 mingta Lada avtomobili sotishni rejalashtirmoqda, uch oy ichida kompaniya taxminan 1200 dona avtomobil sotdi. Kompaniya joriy yilning ikkinchi yarmida rasmiy taqdimoti o’tgan yilning avgust oyida bo’lib o’tgan Lada Vesta Sport’ni yetkazib berishni boshlash niyatida.
Ilgari Spot O’zbekistonga ayrim turdagi transport vositalarini olib kirish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.