Vazirlar Mahkamasining ““Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini faollashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati Bekobod shahrining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini qo‘shish hisobiga “Angren” erkin iqtisodiy zonasi kengaytiriladi.
Mazkur erkin iqtisodiy zona hududida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 24,5 mln $lik istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan.
2020−2021 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda yangidan qo‘shilayotgan hududda “Angren” EIZning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturga kiritiladi.