Amaldagi bojxona bojlari stavkalari iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin: tayyor mahsulotlarni import qilishni rag‘batlantiruvchi muhit yaratilib, buning natijasida tarmoqlarda investitsion jozibadorlik yo‘qolishi mumkin, xabar beradi Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi.

Bugungi kunda quyidagi tamoyillarga asoslangan import boji stavkalarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasi ishlab chiqildi:

  • tabiiy xom-ashyo va muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar (don, un, ruda va metal konsentrantlar) — bojxona boji stavkasi 0%;
  • xom-ashyo, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hamda oxirgi 3 yil davomida import qilinmagan tovarlar — bojxona boji stavkasi 2 — 5%;
  • ishlab chiqarish tabiiy va iqlim sharoitlari noqulay yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, respublika hududida ishlab chiqariladigan, biroq mavjud talabni to‘liq qondirmaydigan tayyor yoki qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, inson salomatligiga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oziq-ovqat mahsulotlari — bojxona boji stavkasi 10 — 15%;
  • yetarlicha miqdorlarda ishlab chiqariladigan va eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, respublikadagi talabni to‘liq kamaydigan hajmlarda ishlab chiqariladigan hajmlari yakuniy iste’mol hajmi talablarini qoplaydigan tovarlar, birinchi darajali bo‘lmagan yoki hashamatli tovarlar, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan (tamaki va alkogol mahsulotlari) tovarlar — bojxona boji stavkasi 20 — 30%.

Shu bilan birga, respublikada ishlab chiqarilmaydigan 197 ta turdagi tovar pozitsiyalari uchun import boji stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Jumladan:

  • 89 ta tovar pozitsiyalari bo‘yicha import boji 5%dan 2%gacha;
  • 79 ta tovar pozitsiyalari bo‘yicha 10%dan 5%gacha;
  • 7 ta tovar pozitsiyalari bo‘yicha 20%dan 2%gacha kamaytiriladi.

Bundan tashqari, bozor talablari sharoitlaridan kelib chiqib, 2818 ta tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha bojxona bojlari stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilishi ko‘zda tutilgan.

Taklif etilayotgan bojxona bojlari stavkalari o‘rnatilsya arifmetik o‘rtacha stavkasi taxminan 9%ni tashkil qilib, bu hozirgi ko‘rsatkich 5,6%dan ko‘p, biroq 2017 yildagi ko‘rsatkich 14,9%dan ancha past hisoblanadi. Shu bilan birga, “nol” bojxona boji stavkasi qullaniladigan bo‘lgan tovar pozitsiyalari ulushi 62,7%dan 40,1%gacha kamayadi, import qiladigan 2500 dan ortiq tovarlarga nisbatan oldin qo‘llanilmagan 2% miqdoridagi stavkasi qo‘llaniladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu bosqichda bojxona tariflarining yangi stavkalarini o‘rnatish yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, importni optimallashtirish va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama erkin savdo bitimlarini tuzish uchun zamin yaratadi.