O’zbekistonda eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda.
“Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investitsiyalarni jalb qilish imkonsiz”, deyiladi xabarda.
Shu bois, mutaxassislar va xalq vakillari fikrlarini inobatga olib, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Tarif islohotlari xalqqa yengil bo‘lishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.
Tariflarni tartibga solish bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlar aholiga to‘liq yetkazilishi ko’zda tutilmoqda.