Prezident qaroriga binoan soliq tizimida bir qator o’zgarishlar amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olib, 10 kun muddat ichida moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lasa qonun hujjatlarida belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor moliyaviy jarimalar to‘g‘risidagi qarorni olganidan, jarimalarning 50%ini 10 kunda ixtiyoriy to‘lasa, uni jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etish tartibi ishlab chiqiladi.
QQS bo’yicha amalga opshiriladigan o’zgarishlar
2020 yil 1 yanvardan boshlab QQSni to‘lashga o‘tadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organlarida ushbu soliqning to‘lovchisi sifatida majburiy hisobga olinadi va bu QQS summasini hisobga olishning sharti hisoblanadi.
QQSni to‘lashga o‘tishda ushbu soliq summasi qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tilgan sanadan avvalgi oxirgi 12 oyda xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tasdiqlangan qoldiqlari bo‘yicha realizatsiya hajmiga mos keladigan ulushda hisobga olinadi.
Shuningdek, QQSni to‘lashga o‘tish yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma QQSni to‘lashga o‘tiladigan oy boshlanishidan oldin o’n ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Qaror bilan chet el fuqarolari O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishda xarid qilgan tovarlari uchun to‘langan QQSni qaytarish (“tax free”) tartibi belgilanadi.