Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston hududlarining turistik brendlarini ishlab chiqishga doir tanlov eʼlon qilgan edi.

Tanlov Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Andijon, Xorazm, Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari logotiplarini yaratish ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan va har bir g‘olib 25 milliongacha pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilangan.

Komissiya a’zolari tomonidan tanlovga yoʻllangan 700 ga yaqin logotipdan 84 tasi (yaʼni har bir hudud boʻyicha 6 tadan) saralab olingan edi.

Onlayn ovoz berish orqali eng yahshi logotiplar aniqlandi:

Andijon viloyati

Go’lib aniqlanmadi, chunki “hech qaysi” varianti eng ko’p ovoz to’pladi (1608).

Buxoro viloyati

5 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 9825 ovoz.

Jizzax viloyati

Go’lib aniqlanmadi, chunki “hech qaysi” varianti eng ko’p ovoz to’pladi (416).

Qoraqalpog’iston Respublikasi

Go’lib aniqlanmadi, chunki “hech qaysi” varianti eng ko’p ovoz to’pladi (19226).

Qashqadaryo viloyati

5 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 2859 ovoz.

Navoiy viloyati

Go’lib aniqlanmadi, chunki “hech qaysi” varianti eng ko’p ovoz to’pladi (791).

Namangan viloyati

6 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 3315 ovoz.

Samarqand viloyati

2 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 8494 ovoz.

Surxondaryo viloyati

4 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 5866 ovoz.

Sirdaryo viloyati

2 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 7542 ovoz.

Toshkent viloyati

5 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 3507 ovoz.

Toshkent

3 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 26296 ovoz.

Farg’ona viloyati

Go’lib aniqlanmadi, chunki “hech qaysi” varianti eng ko’p ovoz to’pladi (3922).

Xorazm viloyati

1 raqamdagi logotip g’olib bo’ldi — 9972 ovoz.