Iyun oyining boshida Spot O‘zbekiston avtobozorida ko’plab mamlakatlarda uzoq vaqtdan buyon faol foydalanilayotgan trade-in amaliyoti tatbiq qilinishi haqida xabar topgan edi.
Prezident qaroriga binoan trade-in dasturini 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etiladi.
Dastur xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to‘lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beradi.
Trade-in dasturi doirasida quyidagilar belgilandi:
- foydalanilgan avtomobillarni sotishda QQSni hisoblash uchun QQS summasini o‘z ichiga olgan sotilayotgan ob’ektning sotish narxi bilan balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi bo‘lib hisoblanadi;
- rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:
- belgilangan shakldagi hisob-ma'lumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali foydalanishda bo‘lgan avtomobillarning oldi-sotdi shartnomalariga;
- mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtomobillarning oldi-sotdi shartnomalariga;
- rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni sotib olganlik uchun ularni Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida yig‘im to‘lanmaydi.