Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi (2019 yil 1 iyul holatiga ko’ra).
Sof oltin valyuta zahirasi hajmi ko’payib 27,1 mlrd $ ni tashkil etdi:
01.01.2019 | 01.04.2019 | 01.06.2019 | 01.07.2019 |
26 394,1 | 26 996,5 | 25 837,3 | 27 105,6 |
Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.