2019-yil yanvar-iyun oyi yakunlariga ko`ra O`zbekiston jahonning 166 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd $ni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 29,8% ga o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.
Eksport hajmi 8,4 mlrd $ga (o`sish sur`ati 27,0%) va import hajmi 14,2 mlrd $ga (o`sish sur`ati 32,0%) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 2,8 mlrd $ni tashkil qildi.
Eksport
Eksport tarkibida tovarlar 81,5% ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,8%), oziq-ovqat mahsulotlari (9,4%), to`qimachilik va to`qimachilik buyumlari (9,1%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,8%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,7%) hissasiga tog`ri kelmoqda.
Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 6,3 mlrd $ni tashkil etib, 24,7%ga o’sdi.
Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Qozog`iston, Turkiya, Qirg`iziston, Afg`oniston va Tojikiston hissasiga to`g`ri keladi.
Import
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (43,6%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,3%) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,2%) hisobiga to`g`ri keldi.
Import qilingan tovarlar hajmi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 mlrd $ga ko`p import qilindi va 10,1 mlrd $ni tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1 mlrd $ga yetgan.
Respublikaga 144 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 7 tа eng yirik bo`lgan Xitoy, Rossiya, Koreya, Qozog`iston, Turkiya, Germaniya va AQSH hamkor davlatlaridan jami import hajmi 7 mlrd $ga teng. Bu esa umumiy import hajmining 69,1% ini tashkil qiladi.