O’zbekiston Malayziyaga meva va sabzavotlareksport qila boshladi.
Malayziya bozoriga gilos, shaftoli, o’rik, uzum va olxo’ri yetkazib berildi, xabar beradi “Dunyo” AA.
O’zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yil iyul oyida yangi meva va sabzavotlarning eksport hajmi 5 tonnani tashkil etdi.
Yaqinda ushbu yo’nalishda mamlakatimizdan yangi meva to’plami jo’natildi.
Ta’kidlanishicha, O’zbekistonning yangi mahsulotlari iste’molchilarda katta qiziqish uyg’otdi va hozirda Malayziyaga meva eksportini ko’paytirish imkoniyati ko’rib chiqilmoqda.
Shuningdek, eksport qilinadigan mahsulotlar tarkibiga qo’shimcha ravishda, joriy yilning avgust oyida Malayziyaning etakchi chakana savdo tarmoqlari bilan o’zbek qovunini yetkazib berish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.