Prezident qaroriga binoan mikrokredit tashkilotlariga bir qator xizmatlarni amalga oshirish taqiqlandi.

Xususan:

  • jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
  • nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar ta’minotiga ko‘chmas turar joy mulkini garov sifatidaqabul qilish;
  • ilgari olingan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.

Qaror bilan 2019 yil 1 oktyabrgacha jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) yuzasidan qarz yukining, foizlarning eng yuqori stavkalari bo‘yicha o‘sishini cheklab turishga oid me’yorlar ishlab chiqiladi.

1 dekabrga qadar banklarda dastlabki identifikatsiyadan o‘tgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmi joriy etiladi.

Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida"gi Qonun ishlab chiqiladi.