“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida Smart city barpo etiladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasinining “Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.
Qarorga muvofiq, 2019−2020 yillarda Farg‘ona viloyati sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari, 2019 ― 2021 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro’yxatda Smart city barpo etilishi o’rin olgan, uning tashabbuskori “Chxong-Xe” kompaniyasi hisoblanadi.
Loyiha qiymati 4,1 trln so’mga baholangan bo’lib, 500 mln $ xorijiy investitsiya jalb etiladi.
“Smart city"ni 2025 yilning oxirida ishga tushirish rejalashtirilmoqda.