22 iyuldan 28 iyulgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 961 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 22,2% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 48,9% ikkinchi va 28,9% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi 592 mlrd so‘mdan 690,1 mlrd so‘mga oshdi.
Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati avvalgi haftaga nisbatan 2 marotabaga o‘sib, 4,6 mln $ni tashkil etdi.
Ilgari Spot joriy yilning yanvar-iyun oylarida O’zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 120 005 tani tashkil etgani haqida xabar bergan edi.