O’zbekistonda onlayn to’lovlarning hajmi keskin oshmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 2017 yilning I-yarim yilligi mobaynida 1,9 trln so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2018 yilning I-yarim yilligida to‘lovlar summasi 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga ortib, 4,3 trln so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan.

2019 yilning shu davrida esa ushbu tizim orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2018 yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,7 barobarga ortib, 7,4 trln so‘mga yetdi.


Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 2019 yilning I-yarim yilligida amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasining:

  • 1,8 trln so‘mini (amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasining 25,04%) G‘aznachilik to‘lovlari;
  • 1,1 trln so‘mini (15,13%) “O‘ztransgaz” xizmatlari to‘lovlari;
  • 983 mlrd so‘mini (13,15%) “O‘zbekenergo” xizmatlari uchun to‘lovlar;
  • 533,0 mlrd so‘mini (7,13%) UzAuto Motors uchun to‘lovlar;
  • 512,3 mlrd so‘mini (6,85%) Davlat xizmatlari markazlari xizmatlari uchun to‘lovlar;
  • 512,1 mlrd so‘mini (6,85%) soliq va majburiy to‘lovlar;
  • 505,5 mlrd so‘mini (6,76%) notariat va FHDYO to‘lovlari;
  • 379,4 mlrd so‘mini (5,07%) yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima to‘lovlari
  • 261,5 mlrd so‘mini (3,50%) bojxona to‘lovlari;
  • 175,9 mlrd so‘mini (2,35%) “Toshissiqquvvati” uchun to‘lovlar;
  • 610,9 mlrd so‘mini (8,17%) boshqa to‘lovlar tashkil etgan.