Ilgari Spot 4 iyundan boshlab Tovar xomashyo birjasida chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega uyali telefon raqamlarini sotish bo‘yicha yangi savdo platformasi va mobilraqam.uzex.uz vebsayti test rejimida ishga tushirilgan edi.

Natijada boshlang‘ich bahosi 4 000 000 so‘mlik birinchi “chiroyli” mobil telefon raqami 5 360 000 so‘mga sotildi.

Yangi platforma ishga tushirilgan paytidan buyon Usell uyali aloqa operatorining 196,7 mln so‘mlik 121 ta mobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Birjaning elektron savdolarida respublikamizning barcha xududlaridan xaridorlar ishtirok etdilar. O‘tgan savdo natijalariga ko‘ra sotib olingan raqamlarning tarkibiy tuzilmasida poytaxt hududining xaridorlari peshqadamlik qilib, ularning umumiy sotuvlardagi ulushi 42% tashkil etdi.

Jizzax viloyati xaridorlarining ulushi 15%, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining har birini hissasi 7% ni tashkil etdi.