O‘zbekiston “halol” tamoyiliga muvofiq sertifikatlangan Belarus qishloq xo’jaligi mahsulotlarini import qilishni rejalashtirmoqda, xabar beradi “БЕЛТА”.
O‘zbekiston delegatsiyasining Belarusga tashrifi davomida Belarus davlat metrologiya instituti texnik auditorlari tomonidan O‘zbekistondagi yirik savdo tarmog’iga yuboriladigan barcha mahsulotlarni jo’natishdan oldin tekshirilishi to’g’risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, sifat, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini (sterollar, antibiotiklar guruhining keng spektri, mikotoksinlar, zaharli elementlar, pestitsidlar, dioksinlar, radionuklidlar, GMO) doimiy monitoring qilish bo’yicha mamlakatning yetakchi korxonalari bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi.
Qayd etilishicha, BelDMI sinov laboratoriyasi eng zamonaviy usullardan foydalangan holda analitik nazoratni amalga oshirishga imkon beradi.