Poyezd chiptalarini onlayn sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan taqdim etilgan xizmat 2 avgustdan sinov rejimida ishga tushirildi.
Uning yordamida yaqin kelajakda chiptalarni onlayn sotib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va sharoitdan kelib chiqib, qaytarish mumkin bo‘ladi.
Yangi versiyani ishlab chiqishda birinchi versiyaning ishlash natijasida aniqlangan barcha funksiyalari inobatga olingan, shuningdek, ushbu sohada ilg’or amaliyot va texnologiyalar qo’llanildi. Bundan tashqari, endilikda elektron chiptalarni qaytarish onlayn rejimida amalga oshirilishi mumkin.
Havola orqali poyezdlar jadvalini ko’rish, sayohat xarajatlari bilan tanishish, poyezdda bo’sh joylar mavjudligi haqida ma’lumot olish, turli ma’lumot va hujjatlar bilan tanishish, shuningdek, ko’plab boshqa xizmatlarni bilib olish mumkin.
Yangi tizim sinovdan o’tkazgandan so’ng, tizim foydalanuvchilarining takliflari va mulohazalarini o’rgangan holda oxirgi bosqichga o’tiladi, undan so’ng elektron sayohat hujjatlarini to’lash va yakuniy ro’yxatga olish funktsiyalari bilan to’liq rejimda ishga tushiriladi.