Iyul oyida prezident mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish to’g’risidagi hujjatni imzoladi. Qarorga binoan 1 avgustdan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mgacha, mikrokredit miqdori — 300 mln so‘mgacha va mikrolizing miqdori — 600 mln so‘mgacha oshirilishi belgilandi.

Spot 2019 yil avgust holatiga ko’ra banklardagi mikroqarzlar bo’yicha holatni o’rganib chiqdi. O’zbekiston banklaridagi mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mni emas, balki EKOIHning 100 barobarigacha (22,3 mln so’m) bo’lgan miqdorni tashkil etmoqda.

Kredit olish uchun zarur bo’lgan standart hujjatlar to’plami quyidagilardan iborat:

  • pasport nusxasi;
  • ariza
  • oxirgi 12 oylik daromadlar bo’yicha ma’lumotnoma;
  • ta’minlanganlik.

Ba’zi hollarda, ular jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasidan ko’chirma va barcha oila a’zolarini ko’rsatuvchi mahalla qo’mitasidan olingan ma’lumotnoma talab qilishlari mumkin.

Shartlar oddiy: doimiy maosh yoki nafaqaga ega bo’lish va uchinchi tomon kafilligi kerak bo’ladi.

Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar bir qancha omillarga bog’liq.

Bank nomi

Foiz

Pul miqdori (so'mda)

Muddat

“Agrobank”

34%

EKOIHning 100 barobarigacha

1 yil

“Asia Alliance Bank”

Bir yil — 30%, 2 — 31%

EKOIHning 100 barobarigacha

2 yilgacha

“Aloqabank”

35% (naqd pulda), 32% (bank kartasiga)

EKOIHning 100 barobarigacha

1 yil

“InfinBank”

32%

EKOIHning 100 barobarigacha

2 yilgacha

“Ipak yo’li bank”

32% (naqd pulda), 30% (bank kartasiga)

20 milliongacha

1 yil

“Ipoteka-bank”

31%

EKOIHning 100 barobarigacha

1 yil

“Qishloq qurilish bank”

oyiga 3%dan

EKOIHning 100 barobarigacha

1 yil

“Orient Finans” bank

30%

32%

EKOIHning 20 barobarigacha

EKOIHning 100 barobarigacha

6 oy

1 yil

“Turkiston bank”

40%

EKOIHning 100 barobarigacha

1 yil

“Sanoat Qurilish Bank”

30%

EKOIHning 100 barobarigacha

1 yilgacha

Hi-Tech-Bank

Shartnoma asosida

EKOIHning 100 barobarigacha

3 yilgacha

UzAgroExport bank

34%

36%

EKOIHning 100 barobarigacha

1 yilgacha

2 yilgacha


Aprel oyida Spot barcha banklarning mikroqarzlar bo’yicha shartlarini taqqoslagan edi.