5 avgustdan 11 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 17,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 50,8% ikkinchi va 31,7% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi 618,0 mlrd so‘mdan 681,5 mlrd so‘mga, yoki avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10,3% ga yuqori.
Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati avvalgi haftaga nisbatan bir necha marotabaga o‘sib, 6 mln $ni tashkil etdi.